🔷TDTU OF Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan metallurgiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich iqtidorli talabalaridan iborat jamoalar orasida «Zukko metallurglar» tanlovi tashkil etildi.
🔷“Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari” fanidan o‘tkazilgan tanlovda 8 nafar ishtirokchidan iborat 4 ta guruh bellashdi. “Zukko metallurglar”, “Spetsialist”, “Injenerlar”, “Partisans” guruhlari metallurgik pechlarning 3D ko‘rinishi orqali texnologik jarayonlar haqida ma’lumot berishlari, metallurgik dastgoh va ularning ishlash texnologiyasi hamda umumiy metallurgiya yo‘nalishi, zamonaviy metallurgik dastgohlarning loyihalanishi yuzasidan bilimlarini ko‘rsata olishlari lozim edi. Tanlov jarayonida talabalar maxsus fan bo‘yicha egallagan bilimlarini to‘liq namoyon etishga harakat qildilar. Jamoaviy birdamlik va kuchli bilim bilan “Zukko metallurglar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🔷Maxsus mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bilimlar bellashuvi, albatta, talabalarning fanni chuqur o‘zlashtirishida hamda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyatga ega. Metallurgiya kafedrasi rahbarligida tashkil etilgan bilimlilar bellashuvi iqtidorli talabalarni seleksiya qilish, yoshlarga o‘zlarini namoyon etish imkoniyatini berdi.
🔷Tanlov g‘olibi “Zukko metallurglar” guruhi birinchilik kubogini qo‘lga kiritdi. Barcha guruhlar fakultet rahbariyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.