Shvetsiya poytaxti Stokgolmda joylashgan Stokgolm universiteti, Qirollik texnika universiteti va Albano ilmiy-ta’lim majmuasida o‘tkazilayotgan “Shvetsiyada integratsiyalashgan loyiha asosida o‘qitish metodikasi: oliy ta’lim tizimining ilg‘or tajribasi” kursi bo‘yicha TDTU OF Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xoliqulov va Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi mudiri S.Parmonov malaka kurslarini o‘tishmoqda.
Shvetsiya institutlarining ilg‘or tajribalariga tayangan holda ushbu dastur ishtirokchilariga integratsiyalashgan loyiha asosidagi ta’lim metodologiyasini chuqur o‘rganish, muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy jihatlarini aniqlash hamda ta’lim jarayonida talaba bilimini baholash va qo‘llab-quvvatlashning amaliy usullarini o‘rganish imkonini beradi.
Dasturning maqsadi ta’lim sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar va amaliyotchilar o‘rtasida ilg‘or texnologiyalarni o‘z ta’lim amaliyotiga joriy etish, ta’lim sifatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda jamiyat muammolarini hal etishga tadbiq etishga hissa qo‘shish maqsadida bilim va tajriba makonini yaratishdan iborat.
2014-yilda tashkil etilgan Belgiya ta’lim Kengashi ta’lim muassasalari va o‘qituvchilariga o‘z faoliyatini modernizatsiya qilishga yordam berib kelmoqda. Kengashning ko‘magi bilan dunyoning 50 dan ortiq ta’lim muassasalari xalqaro akademik hamjamiyatga aylandi. Mazkur xalqaro akademik hamjamiyat ta’lim dasturlari va inson resurslarini rivojlantirish, ta’limni interaktiv va natija uchun ishlaydigan usul hamda texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashadi.