Bugun TDTU Olmaliq filialida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi va Olmaliq shahar kengashi, partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi tomonidan «Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zo’ravonlikni oldini olish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi, Partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi raisi, Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova hamda TDTU Olmaliq filiali xotin-qizlar raisi Noila Kuchkarova tomonidan oilada ayollarning roli, jamiyatdagi o’rni, ularga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish bo’yicha ma’lumotlar berildi hamda talaba-qizlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Ayni damda TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti 5-bosqich siirtqi ta’lim shakli talabalari uchun konchilik ishi (faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi bo ‘yicha yakuniy davlat…
Bugun TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Nuroniy jamg‘armasi Olmaliq shahar bo‘limi a’zolari O‘zbekiston Qahramoni Saydali Raxmonov, bo‘lim raisi Muhiddin…