Bugun TDTU Olmaliq filialida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi va Olmaliq shahar kengashi, partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi tomonidan «Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zo’ravonlikni oldini olish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi, Partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi raisi, Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova hamda TDTU Olmaliq filiali xotin-qizlar raisi Noila Kuchkarova tomonidan oilada ayollarning roli, jamiyatdagi o’rni, ularga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish bo’yicha ma’lumotlar berildi hamda talaba-qizlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida TDTU Olmaliq filiali Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsentlari G.Yusupova va N.Kuchkarova Urganch davlat universitetining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqotchilari bilan birgalikda ilmiy…
Bugun TDTU Olmaliq filiali kafedralarining 2024-2025 oʻquv yili yakuni natijalariga koʻra hisobot yigʻilishlari boshlandi. Konchilik ishi va Kimyoviy texnologiyalar kafedralarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, fan, ta’lim…