Flat Preloader Icon Loading...

IMMda talabalar uchun amaliy dars

imm

Xorijiy oliy ta’lim tajribasidan kelib chiqib, yangi avlod muhandislik kadrlarini tayyorlash maqsadida iqtisodiyot va sanoatning rivojlanayotgan tarmoqlarida muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Shahrimizda ish boshlagan OKMK muhandislik maktabi ayni shu maqsadlarda ish faoliyatini boshlagan. “Ilg‘or muhandislik maktabi”ning o‘ziga xos jihati shundaki, u universitet va sanoat hamkorigi asosida quriladi. Maktab nafaqat muhandis kadrlar tayyorlash vazifasini, balki sohadagi ishlab chiqarish muammolari echimlarini topish yo‘lida tadqiqot ishlarini ham bajaradi.

TDTU Olmaliq filiali mutaxassislik kafedralarining ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishishi, talabalarning bitiruv oldi amaliyotlarini mazkur Ilg‘or muhandislik maktabida tashkil etishi rejalashtirilgan.

Filial Metallurgiya kafedrasi o‘qituvchisi I.Shaymanov Ilg‘or muhandislik maktabida 2-bosqich 1a-22 guruhi talabalariga «Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi» fanidan amaliy mashg‘ulotni o‘tdi.

Scroll to Top