Flat Preloader Icon Loading...

AQShning “Coursera” sertifikati

courser

🔷Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili tomonidan ZOOM platformasi orqali TDTU Olmaliq filiali fakultetlarida “Bir million dasturchi” loyihasining uzbekcoders.uz platformasi – AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati bo’yicha tushuntirishlar berildi.

🔷Ushbu dastur barcha iqtidorli talabalar uchun ekanligi, ular xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT dasturiga tayyorlashi, o’qish so’ngida ularga butun dunyoda tan olingan Coursera sertifikatlari berilishi, bu bilan yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratilishi mumkinligi tushuntirildi.

🔷Xalqaro doirada tan olingan va talab yuqori bo‘lgan IT-sertifikatlar olish uchun pullik va bepul o’qish bo’yicha ham tushunchalar berildi.

Scroll to Top