Axborot-resurs markazi
ABDULLAYEVA MAZIFAT SAIDUMAROVNA
Lavozimi : Axborot-resurs markazi mudirasi
Qabul vaqti : Har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99899 918 55 16
Umumiy ma’lumotlar
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yilda 27 iyulda PQ 3153 qaroriga asosan tashkil topdi. Olmaliq filiali Axborot-resurs markazi “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya”, “Konchilik ishi”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlariga quyidagi bo‘limlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
- Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi
- Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
- Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi
- Elektron axborot resurslari bo‘limi
Hozirgi kunda ARMda 9 nafar xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Shulardan:
- 4 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis
- 2 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis
- 3 nafar o‘rta nmaxsus ma’lumotli nomutaxassis xodimlar xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda ARM ning jami fondi 36860 donani tashkil etadi.
Shundan:
- Darsliklar -3089 dona
- O‘quv qo‘llanmalar -7637 dona.
- Badiiy adabiyotlar -8937 dona
- Boshqa turdagi adabiyotlar -13239 dona
- Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar –3958 dona
- Lotin grafikasida– 25220 dona
- O‘zbek kiril grafikasida -3508 dona
- Rus tilida -8132donani tashkil etadi.
Axborot–resurs markazi fondiga 2022-2023 o‘quv yilida jami 3851 sonda yangi adabiyotlar qabul qilingan
Shundan:
- Darsliklar -323 dona.
- O‘quv qo‘llanmalar -815 dona .
- Badiiy adabiyotlar-110 dona.
Ijtimoiy va siyosiy adabiyotlar -2603 donani tashkil etadi
Axborot–resurs markazi 2022-2023 o‘quv yillarda filialimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan 50 nomda 965 dona yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi.
ARMda 7301 dona darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron nusxasi bilan to‘ldirilib borilmoqda
Axborot resurs markazi faoliyatida yangi axborot texnologiya-laridan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda axborot resurslari orasida Elektron kutubxona xizmatiga talab ortib bormoqda.Elektron adabiyotlar zaxirasi filial professor- o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, tajriba ishlari,uslubiy qo‘llanmalar,internetdan yuklab olingan adabiyotlar hamda boshqa turdosh oliy o‘quv yurtlaridan olib kelingan elektron darslik va multimediyalar hisobiga boyitib boriladi va buyurtmalarni qabul qilinganligi, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini yaralgan.
Axborot resurs markazi zamonaviy axborot kutubxona tizimlari kompyuter jamlamasi (monoblok) 59 dona, tezkor skayner, adabiyotlarning (QRBOOK) shtrix kodli kitob javonlari bilan jihozlangan, kompyutrlar internet WI-FI tarmog‘iga ulangan. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona hizmatini ko‘rsatish maqsadida https://t.me/TDTUOFARM telegramm kanali mavjud bo‘lib adabiyotlarning elektron nusxalari joylashtirilgan.