🔷O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.
🔷Yurt sog‘inchi, vatan qayg‘usi bilan yashagan otashqalb shoir siymosi asrlar osha avlodlar tomonidan yodga olinadi, tarixi o‘rganiladi, g‘azallari kuyga solinib kuylanmoqda.
🔷TDTU Olmaliq filialida “Bobur Mirzo – ma’naviyat jasorat sohibi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Mazmunan boy tadbir davomida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining ijodkor yoshlari tomonidan qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, g‘azallar ijro etildi, viktorina shartlari bajarildi.
🔷Tadbirga tashrif buyurgan “Dilrabo” ansambli badiiy rahbari Zafarbek Davlatyorov Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga bastalangan mumtoz qo‘shiqlarni filial jamoasi va talabalarga tuhfa etdi.
Talaba-yoshlarning keng dunyoqarashini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida «Kelajak soati» loyihasi doirasida «Ma’rifat soati” darslari o‘tkazilmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ularning natijalari, jahonda yuz berayotgan…
Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 3-bosqich talabalari uchun dual ta’lim dasturi asosida “Olmaliq KMK” AJ O‘quv markazi Muhandislik maktabida amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ushbu…