Flat Preloader Icon Loading...

Buyuk daho zakovati

shoir

🔷Hazrat Mir Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, faylasuf, so‘z mulkining sultoni, davlat arbobi, ilm toliblari va ilm-fan, shuningdek muhtoj insonlar homiysi bo‘lgan zotdir. Shoh asarlarida yaxshilik va insoniylikni tarannum etib, bu qadriyatlarni o‘z hayot yo‘li bilan isbotlagan shoir siymosi asrlar osha yashab kelmoqda.

🔷TDTU Olmaliq filialida “Buyuk daho zakovati” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir yaxshiliklar yetakchisi, olijanoblik tuyg‘usi kuychisi Alisher Navoiy ijodi, shaxsiyati haqida so‘z yuritdi.

🔷Toshkent viloyatining ijodkorlari – Ixtiyor Davlatyorov boshchiligidagi “Armug‘on” badiiy guruhi mutafakkir shoir qalamiga mansub g‘azallarni mumtoz qo‘shiqlari orqali taqdim etdi.

🔷Shuningdek, filial professor-o‘qituvchilaridan Farrux Turg‘unov, Noila Anarboyeva hamda ijodkor talabalar tomonidan g‘azal va qo‘shiqlar ijro etildi.

Scroll to Top