Flat Preloader Icon Loading...

“El-yurt umidi” jamg‘armasi – katta imkoniyat

Xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis tayyorlash va chet elda ta’lim olayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2023 yilgi 2-stipendiya tanlovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur stipendiya tanlovlari tartibi, kvotalar, ustuvor yo‘nalishlari va hujjatlarni topshirish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn amaliy-uslubiy seminarda TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdilar.

Toshkent viloyati DXA ko‘magida tashkil etilgan seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ul rahbarlari hamda mazkur jamg‘arma mablag‘lari asosida xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn suhbat olib borildi.

Scroll to Top