Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Abay Mirzxametov nomidagi Kokshetau universitetining tashabusi bilan “Ilm oyligi – 2024” doirasida davra suhbati tashkillashtirildi.
Onlayn o’tkazilgan davra suhbatida Akdeniz universiteti (Turkiya), Royal International University (Mo’g’uliston), “Tuva davlat universiteti” FDBOTM (Rossiya Federatsiyasi), Qirg’iz-Qozoq universiteti (Qirg’iziston Respublikasi) professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etishdilar.
Davra suhbatida O’zbekiston nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, professor D.Xoliqulov hamda Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi mudiri, dotsent S.Parmonovlar so’zga chiqishdilar.
Ta’lim va fanning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan shaxsning ta’lim va tarbiyasi, fanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini oshirish masalalari ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, transformatsiyalar nuqtai nazaridan o‘quv yuklamasini rejalashtirish, elektron darsliklar yaratish texnologiyasi, ilg’or muhandislik maktablarini rivojlantirish istiqbollari va boshqalar ko‘rib chiqildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar ilm-fan va ta’lim istiqbollarini rivojlantirish uchun qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.