Flat Preloader Icon Loading...

Filial yangiliklari

Korxonalarda filialning kafedralari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan «Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hamkor korxona va tashkilotlarda mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Shu maqsadda, TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani D. Mirxamitova va …

Korxonalarda filialning kafedralari tashkil etilmoqda Davomini o’qish

rfatlhf

TDTU OF vakillari Xalqaro seminarda ishtirok etishdi

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 2024-yil 22-noyabr kuni TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasidan A.Xasanov A.Tashqulov, T.Melnikova va Metallurgiya kafedrasidan Sh.Qarshiboyev Yevropa Ittifoqining “Horizon Europe” tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi 9-dastur doirasida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoda barqaror energiya aloqalari” (SECCA) loyihasi vakillari ishtirokidagi seminarda qatnashdilar. Ushbu dastur hamkorlikni rivojlantirish va global muammolarni hal …

TDTU OF vakillari Xalqaro seminarda ishtirok etishdi Davomini o’qish

photo 2024 11 27 08 40 06 3

Foydali qazilmalarni boyitishda Rossiya tajribasi

TDTU Olmaliq filialida fan va ta’lim sohasida tajriba almashish, shuningdek, universitetlararo xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Fanlar akademiyasining akademik N.V.Melnikov nomidagi Yer qa’rini kompleks rivojlantirish muammolari instituti Konchilik ekologiyasi bo’limi boshlig’i, professor, texnika fanlari doktori, Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi akademigi I.V.Shadrunova filialga keldi. Professor I.V.Shadrunova “Foydali qazilmalarni boyitishda Rossiya …

Foydali qazilmalarni boyitishda Rossiya tajribasi Davomini o’qish

photo 2024 11 26 15 09 05 2

“Talaba – yugur!”

9 oktyabrdan 30 noyabriga qadar mamlakatimizning 14 ta shahrida “Talaba – yugur!” nomli yugurish musobaqalari o‘tkazilishi va unda oliy o‘quv yurtlarining talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan uch kilometrlik marafon – yugurish musobaqasida bugun Toshkent viloyatidagi barcha …

“Talaba – yugur!” Davomini o’qish

yugur

“Talabalik qasamyodi-2024” tadbiri o‘tkazildi

Kuni kecha “Metallurg” madaniyat saroyida 2024-2025 o‘quv yilida TDTU Olmaliq filialiga o‘qishga qabul qilinib, 6000 ga yaqin talabalar safini to‘ldirgan 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastur avvalida filialning eng faol, ijodkor bitiruvchi bosqich talabalarining vatanparvarlik ruhiyati singdirilgan badiiy chiqishlari barchani hayajonga soldi. Energetika va mashinasozlik fakultetining 1-bosqich talabalari …

“Talabalik qasamyodi-2024” tadbiri o‘tkazildi Davomini o’qish

photo 2024 11 18 14 33 50

“Kitob-mening do‘stim”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Kitob-mening do‘stim” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan hududiy bosqich tanlovida viloyatimizdagi 12 ta oliy ta’lim muassasalaridan 12 nafar talaba ishtirok etdi. Tanlovda faol qatnashib, o‘zining yuqori salohiyatli kitobxonligini, nutqining boyligi va ravonligini namoyon etgan TDTU …

“Kitob-mening do‘stim” Davomini o’qish

kitobhonlik

“Talabalik – oltin davrim”

Talabalar kuni munosabati bilan Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlari hamkorligida “Talabalik – oltin davrim” nomli tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan filial direktorining birinchi o‘rinbosari B.Djamiyev, fakultet dekani O.Xasanov talaba yoshlarga o‘z tilaklarini bildirdilar. Tadbirda filialning ijodkor talabalari ijrosida qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, Konchilik ishi …

“Talabalik – oltin davrim” Davomini o’qish

photo 2024 12 02 10 32 45

4-maktab o‘quvchilari fakultetda

Oliy ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzviy hamkorligi bir necha yillardan buyon yangi darajada davom etib kelmoqda. Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasining hamkor ta’lim muassasasi Ohangaron shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari fakultetga kelishdi. 🔹Fakultet faoliyati bilan tanishish …

4-maktab o‘quvchilari fakultetda Davomini o’qish

bez imeni 1 1

TDTU OF vakillari “InnoWeek.uz-2024”da

14-16-noyabr kunlari Toshkentdagi O‘zekspomarkazda eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2024” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi bo’lib o’tadi. Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. “InnoWeek.Uz-2024” haftaligi bu yil …

TDTU OF vakillari “InnoWeek.uz-2024”da Davomini o’qish

photo 2024 11 29 14 40 53
Scroll to Top