Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 2024-yil 22-noyabr kuni TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasidan A.Xasanov A.Tashqulov, T.Melnikova va Metallurgiya kafedrasidan Sh.Qarshiboyev Yevropa Ittifoqining “Horizon Europe” tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi 9-dastur doirasida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoda barqaror energiya aloqalari” (SECCA) loyihasi vakillari ishtirokidagi seminarda qatnashdilar.
Ushbu dastur hamkorlikni rivojlantirish va global muammolarni hal qilish uchun Yevropa Ittifoqi siyosatini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish jarayonlarida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarning rolini mustahkamlashga qaratilgan. U ilg‘or bilim va texnologiyalarni tarqatish jarayonini yaratish va takomillashtirishni ta`minlaydi.