Flat Preloader Icon Loading...

Filial yangiliklari

«Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan sport musobaqalari

11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Xotin-qizlar Kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol va basketbol musobaqalari tashkil etildi. Voleybol bo‘yicha 1-o‘rinni Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi, 2-o‘rinni Metallurgiya kafedrasi, 3-o‘rinni Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari egallashdi. Basketbol musobaqalarida Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi qizlari 1-o‘ringa, Energetika va …

«Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan sport musobaqalari Davomini o’qish

photo 2023 10 12 17 25 56

Seminar-trening o’tkazildi

TDTU OF Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida filial psixologi Matluba Yulchiyeva tomonidan «Shukronalik», «Mening oilam, mening iqtidorim» mavzularida psixologik seminar-trening o’tkazildi. Trening o’tkazishdan maqsad guruhdagi psixologik iqlimni,  talabalarning temperament tipini aniqlash, talabalarga ruhiy barqarorlikka erishishga yordam berish, oila muqaddas dargohligini his etishi, iqtidorlarini rivojlantirishi, orzu-maqsadlari sari harakat …

Seminar-trening o’tkazildi Davomini o’qish

photo 2023 10 12 17 16 46

“Qizlarjon klubi” respublika forumi

Jamiyatda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar olib borilmoqda. Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi o‘tkazildi. Forumda TDTU Olmaliq filiali vakillari ham ishtirok etishdi.

photo 2023 10 12 16 49 37

«Qalqon» jamoatchilik guruhi faoliyati

TDTU Olmaliq filiali talaba-yoshlari o’rtasida «Qalqon» jamoatchilik guruhi tashkil etilgan bo‘lib, bugun filial direktori ushbu guruh a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda TDTU Olmaliq filiali direktori A.Samadov, Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari B.Djamiyev hamda profilaktika inspektori, mayor A.Haydarov tomonidan guruhning asosiy maqsad va vazifalari bo‘yicha zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. …

«Qalqon» jamoatchilik guruhi faoliyati Davomini o’qish

photo 2023 10 12 17 06 00

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi

TDTU Olmaliq filialida talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi mas’ul vakili, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Sayyora Fayzieva, shahar hokimi o`rinbosari S.Ahmedov Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo‘lishdi. …

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi Davomini o’qish

photo 2023 10 12 16 33 35

«Turkiston tabibi» teatri

«Ota-onalar kongressi» tadbirlari davomida TDTU Olmaliq filialiga mehmon sifatida tashrif buyurgan ota-onalarga ma’naviy ozuqa ulashish maqsadida filialning iqtidorli talabalaridan biri Abduxalil Ismatov eng sara qo‘shiqlarini kuyladi. Shuningdek, iste’dodli talabalardan tashkil topgan «Ibrat» teatr truppasi tomonidan namoyish etilgan «Turkiston tabibi» teatri barcha mehmonlarga manzur bo‘ldi. Tomosha yakunida ota-onalar sahna asari ishtirokchilarga …

«Turkiston tabibi» teatri Davomini o’qish

photo 2023 10 12 16 22 18

Kongress doirasida batafsil ma’lumotlar berildi

Bugun bo‘lib o‘tgan “Ota-onalar kongressi” doirasida Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlarida ota-onalar mavjud barcha o‘quv laboratoriyalar faoliyati bilan keng tanishtirildi. U erda talabalar tomonidan olib boriladigan tadqiqot jarayonlari haqida mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari batafsil ma’lumot berdilar. Ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishlari haqida kerakli ma’lumotlarni va o‘zlarini qiziqtirgan …

Kongress doirasida batafsil ma’lumotlar berildi Davomini o’qish

photo 2023 10 12 16 10 28

“Ota-onalar kongressi” ish boshladi

Bugun TDTU Olmaliq filialida respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan kelib, tahsil olayotgan talabalarning “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi. O‘quv va laboratoriya xonalari, axborot-resurs markazi fondi, talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari haqida fakultet rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Kongressda filial direktori A.Samadov taʼlim va tarbiya jarayonlari …

“Ota-onalar kongressi” ish boshladi Davomini o’qish

photo 2023 10 12 15 46 35

Yoshlar akademiyasi forumi

TDTU Olmaliq filialida «Yoshlar akademiyasi forumi» ga start berildi. Forumning asosiy maqsadi – talaba yoshlar orasida Yoshlar akademiyasi targ‘ibot ishlarini olib borish, ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga keng jalb etishdir. Forum doirasida taklif etilgan mehmonlar IT Park Toshkent viloyati filiali bosh ta’lim menejeri A.Zabihullayev hamda startap ekotizimi rivojlantirish bosh menejeri …

Yoshlar akademiyasi forumi Davomini o’qish

photo 2023 10 12 14 46 44

Talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat”

Bugun TDTU Olmaliq filialida 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat” turniri tashkil etildi. Asosan qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o’tkazilgan ushbu turnirda 10 ga yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Filialda tahsil oluvchi (kunduzgi, sirtqi, …

Talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat” Davomini o’qish

photo 2023 10 11 15 39 07