🔷Bugun Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazida Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialining «Yustitsiya Femidis» (Femida adolati) jamoasi hamda Ipak yo’li innovatsiyalar universitetining «Adolat» jamoalari o’rtasida «Konstitutsiya baxtimiz qomusi» mavzusida bellashuv o’tkazildi.
🔷3 ta shart – tanishtiruv, savol-javob va boshqotirma shartlari orqali talabalar Yangi konstitutsiya bo’yicha o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.
🔷Xususan, TDTU Olmaliq filialining Mardonbek Nuralibekov, Ominaxon Husniddinova, Dilyora Sherbutayeva, Zulfiqor Davlatbekov, Abdurashid Omonullayev va Samandar Tursunovlardan iborat «Yustitsiya Femidis» jamoasi 2-shart, savol -javob shartida faol ishtirok etishib, g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
🔷Ishtirokchi jamoalar Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi direktori G.Abduhalikova tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlanib, konstitutsiya mazmun-mohiyati bo’yicha o’z bilimlarini namoyon eta olgan TDTU OFning «Yustitsiya Femidis» jamosini alohida e’tirof etdi.