Bugun TDTU Olmaliq filialida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Organik kimyo kafedrasi professori Tojimuhammedov Habibulla Sayfullayevich, kimyo fanlari doktori, professor Xoliqov Tursinali Suyunovich hamda kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘rayev Sherzod Bahodirovichning yosh olimlar va talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
H.Tojimuhammedov “Organik birikmalar tuzilish nazariyasining zamonaviy ta’rifi” mavzusidagi ma’ruzasida organik kimyo sohasidagi zamonaviy uslublar, yangiliklar xususida so‘z yuritdi.
Yоsh ilmiy izlanuvchilar va talabalarning soha yuzasidan savollariga javob berish bilan birga ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligi hamda birgalikda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish xususida kelishib olindi.
O‘zbekiston milliy universiteti ilm-fan vakillari, shuningdek, filialning kimyoviy texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-o‘quv laboratoriyasi bilan ham tanishdilar.