Flat Preloader Icon Loading...

“InnoWeek.uz-2023”- xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

TDTU Olmaliq filialida «Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi» mavzusida “InnoWeek.uz-2023”xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi.

17 oktyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS”ning Olmaliq filiali hamkorligida innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi.

“InnoWeek.uz-2023”- xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi tashkillashtirilgan tadbirlarda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etishdi.

Haftalik doirasida TDTU Olmaliq filiali, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida yaratilgan innovatsion ishlanmalar hamda hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va Olmaliq shahrida joylashgan texnikum, kollej va kasb hunar maktablarida yaratilgan innovatsion ishlanmalarning taqdimoti bo’lib o’tdi.

Shuningdek, “Alpomish” muz saroyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan «InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligida Yoshlar akademiyasi liderlari qatorida TDTU Olmaliq filiali liderlari B.Abdurafiqov hamda B.Karimov ham faol ishtirok etdi.

Innovatsion rivojlanish agentligida bo’lib o’tgan SuperMap dasturidan foydalanish bo‘yicha seminar-treningda Energetika va mashinasozlik fakulteti “Matematika va informatika” kafedrasi professor-o’qituvchilari Yu.Abdug’aniyeva va G.Hakimova ishtirok etib, SuperMap dasturidan bepul foydalanish imkonini beruvchi sertifikatga ega bo’lishdi.

“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining beshinchi kunida o’tkazilgan “Kreativ taʼlim kongressi”da TDTU Olmaliq filiali direktor o’rinbosarlari hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimida faol ishtirok etgan Oliy ta’lim muassasalari, Olmaliq shahrida joylashgan texnikum, kollej va kasb-hunar maktablari hamda tashkilotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda filial rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

Scroll to Top