Flat Preloader Icon Loading...

Litseyning ilk bitiruvchilari

0e2c4f6622b20c1ecf6e0

Qizil tog` shaharchasida joylashgan TDTU Olmaliq filiali qoshidagi akademik litsey bu o‘quv yilida dastlabki bitiruvchilarini katta hayotga yo‘llaydi. Mazkur o‘quv dargohi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilarni texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlaydi.


Akademik litseyning iqtidorli o‘qituvchilari berayotgan ta’lim o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilar orasida muddatidan oldin xorijiy OTM talabasi bo‘lganlar bor. Shuningdek akademik litsey o‘quvchilarining “Vast idea” jamoasi respublika “Zakovat” turnirida 3-o‘rin sohibi bo‘ldilar. Akademik litsey o‘quvchilari o‘zlarining tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi, o‘qib-o‘rganishga ishtiyoqi bilan ajralib turadilar. Ularga umid bilan ko‘z tikib turgan ota-onalar litsey jamoasidan minnatdor.


Kuni kecha akademik litseyni bu o‘quv yilida tamomlayotgan 44 nafar o‘quvchiga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda TDTU Olmaliq filiali rahbariyati, akademik litsey o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Ta’lim jarayoniga samarali hissa qo‘shgan o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. 10 nafar a’lochi o‘quvchiga “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi joriy etildi.


O‘quv yilini yaxshi natijalar bilan tamomlagan akademik litsey jamoasi va o‘quvchilari uchun mas’uliyatli davr boshlanmoqda. Ular oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lish maqsadida yanada qat’iy harakatda.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top