Ilgari xabar berganimizdek, 1-sonli talabalar turar joyida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan talabalar uchun pazandachilik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsini pazandalik mahoratiga ega, oshpazlik sir-asrorlarini mukammal egallagan mazkur fakultet talabasi Shaxzodbek Umarov o‘tib berdi. Mehr, did va usta qo‘llar bilan mohirona tayyorlangan lag‘mon taomining ta’mi o‘zgacha bo‘ldi.
Tayyorlangan taom talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarga tarqatildi.