60710100 – Metallurgiya (metall turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
Fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, yer bag‘ridan qazib olingan metall saqlovchi foydali qazilmalarni, ikkilamchi metall saqlovchi xom ashyolarni qayta ishlab xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan rangli va qora metallarni ishlab chiqarish, metallurgik dastgoh va jihozlardan foydalanish va metallarni ajratib olishning samarali jarayonlarini qo‘llanilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan usullar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari metall saqlovchi xom ashyolarni metallurgik qayta ishlashga tayyorlash, metall saqlovchi xom ashyolarni pirometallurgik va gidrometallurgik usullarni qo‘llab qayta ishlash, metallurgik ishlab chiqarish jarayonlar mahsulotlarini nazorat va tahlil qilish, metallurgik qayta ishlashning qattiq (shlak) va suyuq chiqindilaridan qimmatbaho moddalarni ajratib olish, metallurgik ishlab chiqarishning asosiy va yordamchi dastohlaridan foydalanish, metallurgik qayta ishlash jarayonlarning material va issiqlik balanslarini tuzish, turli metall saqlovchi xom ashyolarni qayta ishlash uchun mos texnologik sxemalarni tanlash kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
Ta’lim tili
O’zbek tili, Rus tili
Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan imtihondan o’tish