Flat Preloader Icon Loading...

«Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovi

mirzo ulu bek

🔷16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar uchun «Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovi.

🔷Filialimizning har sohada ilg’or yigit-qizlari! “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

🔷 Talablar:
— Ushbu tanlovda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
— Aniq bir g’oya yoki loyihaga ega bo’lishi kerak;
— IQ test natijasi yaxshi bo’lishi lozim va b.

🔷 Tanlov uch (tuman, viloyat, respublika) bosqichda o’tkaziladi.

🔷Respublika bo‘ylab 3 bosqichda o‘tkaziladigan tanlov g‘oliblari har bir bosqichning o‘zida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
– 1-bosqich gʻoliblari: 1 mln 700 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– 2-bosqich gʻoliblari: 3 mln 400 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– 3-bosqich gʻoliblari: 6 mln 800 ming soʻm pul mukofoti va diplom
– Respublika bosiqichi gʻoliblari maxsus oʻquv kurslarda bepul oʻqish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

🔷 Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur  rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: http://vorislar.uz

🔷 Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar IQ-test sinovidan o‘tishlari va o‘z loyihalarini platformaga joylashlari zarur.
🔷 Oxirgi muddat: 15.02.2024

Scroll to Top