Har yili may oyining uchinchi yakshanba kuni kon va metallurgiya sanoati xodimlari bayrami nishonlanadi. Kasb bayramini soha mutaxassislari ko‘tarinki kayfiyat va mehnatdagi natijalari bilan qarshi olishadi.
Soha uchun yetuk kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shayotgan, kon – metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan TDTU Olmaliq filialining bir guruh vakillari respublikamizning yetakchi metallurgiya korxonalari rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
“O‘zbekko‘mir”AJ tomonidan filial direktori A.U.Samadov “Konchilik shuhrati” 2-darajali, KI kafedrasi katta o‘qituvchisi I.S.Ibragimov 3-darajali ko‘krak nishoni bilan;
“NKMK” AJ tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.B.Xoliqulov “Konchilik shuhrati” 2-darajali, Metallurgiya kafedrasi dotsenti N.M.Asqarova 3-darajali ko‘krak nishoni;
“OKMK” AJ tomonidan O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.X.Abdiev 2-darajali, KI fakulteti dekani O.A.Xasanov 3-darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.