O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Axmedova Vaziraxon Asqarovna
Lavozimi : Kafedra mudirasi
Ilmiy darajasi :
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +9989
- KAFEDRA TARIXI
- KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
- O‘QUV QO‘LLANMA
- USLUBIY QO‘LLANMALAR
- BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA YO‘NALISHINING UMUMIY TASNIFI
Hozirgi davrda globallashuv jarayonlarining tobora kuchayib borishi davlat tilida ish yuritadigan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Shu sababli, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 21-noyabrdagi №87-04-2665 – sonli xatiga asosan korxona va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish salohiyati yuqori bo’lgan kadrlar tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “O’zbek tili va adabiyoti” kafedralarini tashkil etish choralari ko’rish maqsadida, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasining tuzilmasiga quyidagi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Bunga ko’ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali qaroriga asosan kafedralarning ilmiy salohiyatini ko’tarish kafedralarda ishlayotgan yosh pedagog kadrlarni tayyorlashda professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari faoliyatini faollashtirish hamda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlar moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash hamda kafedralar tuzilmalarini shakllantirishda ularning xususiyatlarini inobatga olgan holda o’zbek tili, chet tili va rus tili fanlarini umumlashtirgan holda 2020-yil yanvar oyining birinchi ish kunidan alohida yangi kafedra tashkil etildi hamda yangi kafedraning nomi “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi deb nomlandi. Ushbu kafedrani tashkil topgan kunidan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.I.Qayumov boshqarib kelmoqda.
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi 2020-2021 o‘quv yilini O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risida qonun va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va Oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari asosida ish faoliyati rejalashtirildi. Mazkur yo‘nalishda kafedra ish rejasi, o‘quv rejasi, fan dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari mavjud.
2021 o’quv yiliga kelib kafedrada umumiy hisobda 15 nafar professor-o’qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqda. Jumladan, 14 nafar professor-o’qituvchilar asosiy shtatda (6 nafar professor-o’qituvchi ichki 0,25 shtat o’rindoshlik asosida) 1 nafar o’qituvchi tashqi 0,5 o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar professor vazifasini bajaruvchi f.f.d.Daniyorov B.X., 2 nafar dotsent Z.D.Mirzakarimova, B.I.Qayumov, 3 nafar katta o‘qituvchi: M.N.Qosimova,V.A.Ahmedova, U.R.Irgasheva, 8 nafar assistent va 1 nafar tashqi o’rindosh assistent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etadi. Kafedraning barcha me’yoriy hujjatlari mavjud. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi zimmasiga o’zbek tili, rus tili, chet tili,o’zbek tilining sohada ishlatilishi va maxsus fanlarni o’qitish metodikasi kabi o’quv fanlari yuklatilgan. Ilmiy salohiyat ishlari va ular asosida yuklatilgan vazifa va topshiriqlar o’z vaqtida bajarib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalari soni 6 ta va 1 ta monografiyani tashkil etadi. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida shuni ma’lum qilish mumkinki, respublika ilmiy jurnallaridagi maqola va respublika miqyosidagi anjumanlardagi tezislar umumiy soni 35 tadan ortiq, xalqaro anjumalardagi tezislar soni 10 tadan ortiq va xalqaro ilmiy jurnallardagi maqollarning umumiy soni 35 taga yaqin va “Web of Science” ma’lumotlar bazasi bo’yicha indekslar soni 3 tani tashkil etadi.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish maqsadida kafedrada “Yosh kitobxon” (Z.D.Mirzakarimova), “Русская грамматика” (G.G.Rahmonova), “Smart students club” (A.R.Mamataliyeva) va “Ingliz tilida gaplashamiz” (M.I.Dehqonova) to‘garaklari tashkil qilinib, to’garakda talaba va ustozlar hamkorlikda fan yuzasidan bilimlarini oshirib, ilmiy maqola yozish ko’nikmalarini o’zlarida hosil qilib borishmoqda.
Familiyasi, ismi, sharifi | Ilmiy ish mavzusi | Rahbar | Himoya vaqti rejasi (kvartal bo‘yicha) |
Irgasheva U.R. | Texnika OTMlari 1-kurs talabalarining chet tili kasbiy nutqini takomillashtirish | P.f.n. Karayeva K.N. | 2025-yil IV chorak |
Qayumov B.I. | Maktab oila-jamoatchilik hamkorligi faoliyatining nazariy asoslari. | Akad.Abdiyev A.N. | 2025-yil II chorak |
Ahmedova V.A. | Mustaqillik davri o‘zbek drammaturgiyasida davr va shaxs fojiasining yangicha talqinlari. | F.f.d. , dotsent I.A.Yakubov | 2021-yil II chorak |
Temirova F.T. | Noverbal kommunikatsiya vositalarining diskursiv tahlili | F.f.d.dotsent Paluanova X.D | 2023-yil III chorak |
Mamatkarimova B.X. | Madaniyatlararo muloqotning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rni. | Rahimov X.R. | 2022-yil IV chorak |
Botirbekova G.A | Ingliz tilini elektron-innovatsion metodlar asosida o‘rganishni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari | P.f.n. Norboyeva F.R. | 2025-yil IV chorak |
- f.n.,dotsent Z.D.Mirzakarimova “Boshqaruv bog’lanishidagi “bilan” ko’makchili birikmalar semantikasi” monografiya (“Tafakkur tomchilari” nashriyoti. T.- 2021);
- f.f.n.,dotsent B.I.Qayumov va assistent M.G. Nazarova “Ta’lim texnologiyalari” o’quv-uslubiy qo’llanma (2020-yil);
- Katta o’qituvchi U.R.Irgasheva “Texnika sohasiga oid ingliz tilida matnlar ustida ishlash” o’quv-uslubiy qo’llanma (2021-yil);
- Assistent G.A.Botirbekova “Mustaqil ta’lim uchun matnlar bilan ishlash” o’quv-uslubiy qo’llanma (2020-yil);
- Assistant F.T.Temirova “Manual for students” o’quv-uslubiy qo’llanma (2020-yil).