Flat Preloader Icon Loading...

«Ohangaronsement» AJga sanoat ekskursiyasi

ekskursiya

🔷Oliygohni bitirayotgan talabalarni sanoat korxonalari bilan tanishtirish hamda universitetni tamomlagach, ish bilan ta’minlanishida ko’maklashish maqsadida TDTU Olmaliq filiali Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i Azimjon Bektoyev boshchiligida «Ohangaronsement» AJga ekskursiya tashkil etildi.

🔷Energetika va mashinasozlik fakulteti Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasining 4-bosqich bitiruvchi talabalarini ishlab chiqarish korxonasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ekskursiya davomida korxona mutaxassislari ularga hamroh bo’lishdi.

🔷Xususan, ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Ulug’bek Umaraliyev hamda yetakchi injener-texnolog Shavkat Ro’zibayev korxonadagi ishlab chiqarish uskunalari, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, mahsulotni maydalovchi tegirmonlar, mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan lentalarning ishlash jarayonlari hamda video kuzatuv orqali boshqariladigan uskunalarning ishlash jarayonlari haqida talabalarga ma’lumotlar berishdi.

🔷O‘rganishlar davomida talabalar korxona mutaxassislaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Scroll to Top