Flat Preloader Icon Loading...

«Olam sen bilan nurga to‘lsin, Navro‘z!»

navr z

Bugun TDTU Olmaliq filiali qoshidagi akademik litseyda “Olam sen bilan nurga to‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bahoriy yangilanish ayyomini tarannum etuvchi tadbir tashkil etildi. Tadbirda akademik litsey jamoasi va o‘quvchilarining barchasi faol ishtirok etdilar.

Qadimiy milliy urf-odatlarimiz namoyishi, bahoriy dasturxon, har bir guruh tomonidan tayyorlangan palov taomi, sport musobaqalari tadbirning mazmunli, bayramona o‘tishiga xizmat qildi.

Bayram tadbiriga filial rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, ta’lim sohasiga ko‘p yillik mehnati bilan hissa qo‘shgan yoshi ulug‘ ustozlar taklif qilindi.

Yоshlarga xos zavq-shavq bilan o‘tgan tadbir barchaga birdek xushkayfiyat baxsh etdi.

Scroll to Top