🔷Bugun TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti 1-sonli talabalar turar joyida “Osh bo‘lsin”, “Lazzatli taomlar tayyorlash sirlari” tanlovlari o‘tkazildi.
🔷Ushbu tanlovda fakultet talabalaridan tashkil topgan 3 ta guruh ishtirok etib, o’zlarining pazandalik mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi. Xususan, 13-22 EEE guruh talabalari dimlama taomini tayyorlashib, 3-o’ringa sazovor bo’lishdi.
🔷Milliy taomimiz bo’lgan palovni tayyorlagan 14-22 guruh talabalari esa 2-o’ringa loyiq deb topildi. Qozon kabobni mahorat bilan pishirgan 15-23 guruh talabalari esa faxrli 1-o’rinni egallashdi.
🔷Barcha g’olib jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tanlov so’ngida iste’dodli talabalar tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.