Flat Preloader Icon Loading...

Qatag‘on qurbonlarini xotirlab

Bugun TDTU Olmaliq filialida Olmaliq shahar «Nuroniy» jamg’armasining faxriy nuroniylari va filial yoshlari ishtirokida “Qatag‘on qurbonlarini xotirlab” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Nuroniy jamg’armasi Olmaliq shahar bo’limi raisi M.Abdullaey, «El yurt hurmati» ordeni sohibi, IIV vazirligi faxriysi A.Shodiyev, shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari A.Abdumannopov hamda S.Joniqulov talabalarga o’zlarining ibratga to’la hayot yo’li to’g’risida gapirib, o’z tavsiyalarini ham berishdi.

Suhbat davomida «Paxta ishi» qurboni bo’lgan va ayni kunda mehnatlari sharaflanayotgan A.Abdumannopov ota to’g’risidagi videolavha namopyish etildi.

Scroll to Top