TDTU OF Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida filial psixologi Matluba Yulchiyeva tomonidan «Shukronalik», «Mening oilam, mening iqtidorim» mavzularida psixologik seminar-trening o’tkazildi.
Trening o’tkazishdan maqsad guruhdagi psixologik iqlimni, talabalarning temperament tipini aniqlash, talabalarga ruhiy barqarorlikka erishishga yordam berish, oila muqaddas dargohligini his etishi, iqtidorlarini rivojlantirishi, orzu-maqsadlari sari harakat qilishlari uchun maslahat berishdan iborat.
Trening davomida mavzuga oid audio va videolavhalar, talabalarga havola etildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’laqonli javob oldilar.