Flat Preloader Icon Loading...

Seminar-trening o’tkazildi

TDTU OF Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida filial psixologi Matluba Yulchiyeva tomonidan «Shukronalik», «Mening oilam, mening iqtidorim» mavzularida psixologik seminar-trening o’tkazildi.

Trening o’tkazishdan maqsad guruhdagi psixologik iqlimni,  talabalarning temperament tipini aniqlash, talabalarga ruhiy barqarorlikka erishishga yordam berish, oila muqaddas dargohligini his etishi, iqtidorlarini rivojlantirishi, orzu-maqsadlari sari harakat qilishlari uchun maslahat berishdan iborat.

Trening davomida mavzuga oid audio  va videolavhalar, talabalarga havola etildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’laqonli javob oldilar.

Scroll to Top