Flat Preloader Icon Loading...

Shablon kafedra

MAN HUMAN 1

MIRXAMITOVA DILOROM XUDOYBERDIYEVNA

Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi : 
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +99893 569-88-12

TDTUOF logo1
MAN HUMAN 1

Nosirov Nurzod Ixtiyorovich

Lavozimi : O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi : PhD
Telefon : +99893 608 09 10 

MAN HUMAN 1

Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li

Lavozimi : Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi : 
Telefon : +99899 300 15 35 

METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT

O‘tgan asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik rangli metalli foydali qazilma konlari aniqlanib, bularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya  zavodlarining  qurilishi rejalashtirilgan, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq  konlari, rudalarini boyitish fabrikalari hamda respublikamizning g‘arbiy mintaqasida esa Navoiy kon-metallaurgiya kombinati tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallaurgiya zavodi hamda  Chirchiq o‘tga chidamli  va qiyin eruvchi metallar (volfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan   kombinat  faoliyat   ko‘rsatib  kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda, zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan bo‘lib u vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Kon-metallurgiya fakulteti shug‘ullanar edi.

1958-1961 yillar ToshPIning Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi Yu.S.Petrosov rahbarlik vazifasida faoliyat olib bordi.  1961-yil Olmaliq maslahat maskani Olmaliq kon – metallurgiya fakultetiga aylantirildi. Olmaliq kon-metallurgiya fakultetini birinchi dekani etib A.P.Turchin  tayinlandi  va  bu  lavozimda 1963 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Sobiq Sovet davlati rahbarining “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga ko‘chirilsin”  nomli  qaroriga  binoan  Toshkent   politexnika   instituti   tarkibidagi kunduzgi Kon–metallurgiya fakulteti 1963-yil sentyabrda Olmaliq shahriga ko‘chiriladi va dekan lavozimiga U.A. Isomuhamedov tayinlandi.

1967-yil sentyabrida Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi qayta Toshkentga ko‘chiriladi fakultet dekani U.A. Isomuhammedov ToshPIga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkaziladi. Olmaliq shahrida esa ToshPIning kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil qilinib, kechki bo‘limida o‘qiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari Rangli metallar metallurgiyasi, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa barcha kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi  Kon-metallurgiya  fakultetining  mutaxassislik  kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-Leninizm”, “Umummuhandislik”, ”Chet-tillari” hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan. Foydali qazilmalarni boyitish kafedrasiga oldin dotsent V.N.Chazov, keyin M.Asqarovlar rahbarlik qilganlar.

 Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti 1963-yildan 1995-yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Fakultetga 1963-1967 yillarda I.Inagamov, 1967-1976 yillarda J.C.Jaymugammedov, 1976-1981 yillarda I.I.Inagamov, 1981-1993 yillarda  A.A.Yusupxojaev 1993-1998 yillar M.M.Xolmatovlar dekan vazifasida rahbarlik qilishgan. 1995 yil 3-iyundagi Prezident qarori bilan oliy o‘quv yurtlarining viloyatlardagi kechki bo‘lim  fakultetlari va filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflari inobatga olinib hamda Ta’lim muassaslariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2001-yil  18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy kengashining 2001-yil 27-sonli majlis qarori asosida  Navoiy davlat konchilik  instituti rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq  shahrida  Navoiy   davlat  konchilik  institutining  kunduzgi  Olmaliq  kon-metallurgiya  fakulteti  ochilgan.  Fakultet  dekani etib dotsent  Xasanov A.S. tayinlangan va  u  bu  lavozimda  2012-yilgacha  faoliyat  yuritdi.                                                       

2012-2013-yillarda dotsent T.V.Botirov, 2013-2017-yillarda dotsent D.B.Xoliqulov fakultet dekani lavozimida ishladi.

 Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan  yili Umumtexnika fanlari kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda Konchilik ishi, Konchilik elektr mexanikasi va Metallurgiya bakalavr yo‘nalishlardagi talabalar tahsil olgan. Kafedra mudiri etib dotsent Xakimov E.X tayinlandi. “Gumanitar fanlar” kafedrasiga katta o‘qituvchi Xudayberdieva Z.T. kafedra mudiri etib tayinlangan.

 2004-yil sentyabr oyidan 3 ta kafedra ya’ni  Konchilik ishi va Konchilik elektr mexanikasi  hamda  Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedralari faoliyat yurita boshladi. Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedra mudiri lavozimiga professor S.Abduraxmonov tayinlanadi. 2010-yilda esa fakultetda kimyoviy texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinganligi va shu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi Metallurgiya va kimyoviy texnologiyaga o‘zgartiriladi.

2004-2010-yillarda Konchilik ishi kafedrasi mudiri vazifasini 0,5st o‘rindoshlik sifatida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti dekani dotsent Xasanov A.S olib bordi. 2010-2012-yillarda Shamaev M.Q Konchilik ishi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra 2012 -yildan 2016-yilgacha prof Xasanov A.S. kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2016 -yildan esa kafedra mudiri  lavozimiga prof. Shakarov B.Sh. tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017-yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq  shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi va uning tarkibiga Konchilik ishi va metallurgiya  fakulteti  ham  kiritilgan edi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalar kontingentining ko‘payganligi sababli filial Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashkil etildi.

FAKULTET KAFEDRALARI

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tarkibida mutaxassislik kafedralaridan, Metallurgiya va Kimyoviy texnologiya kafedralari   hamda   nomutaxassislik kafedralardan  Fizika  va kimyo hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi  mavjud. 

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Metallurgiya kafedrasi
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Fizika va kimyo kafedrasi
  2. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi

FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARDA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA FAOLIYAT YURITMOQDA:

  1. Metallurgiya kafedrasi- Toshqodirova Ra’no Erkinjonovna
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi- Po’latov G’olibjon
  3. Fizika va kimyo kafedrasi-Irkaboyev Djumanali Usmanovich
  4. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi- Maxmudov Bexzod Xamidovich

FAKULTET BO‘YICHA PROFESSOR – O‘QITUVCHILARNING  TAQSIMOTI  VA  ILMIY SALOHIYATI

Bo‘limlarProfessorDotsentKatta  o‘qituvchiAssistentJami
1Dekanat11013
2Metallurgiya kafedrasi152614
3Kimyoviy texnologiya kafedrasi11439
4Fizika va kimyo kafedrasi026210
5Ijtimoiy gumnitar fanlar kafedrasi05207
Jami:314141243

2022/2023 o‘quv yilida talabalar kontingenti quyidagicha:

Yo‘nalishlarKunduzgiKechkiMagistrlarJami
1Metallurgiya3091069424
2Kimyoviy texnologiyalar30353 356
Fakultet bo‘yicha612159 771
Scroll to Top