TDTU Olmaliq filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari 2023-yil uchun “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida filialning barcha fakultetlari 1-bosqich talabalari bilan seminar va davra suhbatlari o‘tkazmoqda. Joriy yilning 15- sentyabr kuni “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida “Bizning oliygoh korrupsiyadan holi hududga aylangan” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Filial KQK “Komplaens nazorat” TB bo‘limi boshlig‘i F.Isayev, bo‘lim bosh mutaxassisi S.Nuraliyeva seminar jarayonida talabalarni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tanishtirildilar. Shuningdek, F.Isayev korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, asosiy e’tiborni shaffof bilim olishga qaratishlari lozimligini ta’kidladi.