Flat Preloader Icon Loading...

Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi

omina

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi 3-ilmiy anjumani 15-may kuni bo‘lib o‘tdi.

Talabalar ilmiy jamiyatining mazkur anjumanida TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti 11b-23KT guruhi talabasi Ominaxon Husniddinova ilmiy rahbari M.Jumanov bilan birgalikda ishtirok etdi.

Anjumanda mukammal, dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar bilan qatnashgan talabalar diplomlar bilan taqdirlandilar.

Talabamiz O. Husniddinova “Qandli diabet kasalligi uchun tayyorlangan “Diabet choy”ning tarkibi va foydali xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi uchun III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Iqtidorli talabamizga kelgusi ilmiy-tadqiqot izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Scroll to Top