Flat Preloader Icon Loading...

Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

tdtuof_kurinish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan. 

Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga xususiy tashabbuskor «New-Brend-House» ma`suliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining (0.3 gektar) xududida 400 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tomonidan joriy yilning 29-martida tasdiqlangan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2023-yil 21-maygacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali manzili: 110100 Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Mirzo Ulug’bek, 45-uy, E-mail: info@tdtuof.uz, veb-sayt: https://tdtuof.uz, Tel.: 70 613-81-93, Faks: 70 613-87-62;
  2. Oliy ta’lim va innovasiyalar vazirligi manzili: 100174 Toshkent shahri, Universitet, 7-uy.
    E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23;
  3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol, 29-uy.
    E-mail: info@imv.uz, imv@exat.uz, veb-sayt: imv.uz, Tel. raqami: 71 239-15-69, 239-12-52.

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkaziladi.

Scroll to Top