Flat Preloader Icon Loading...

Talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat”

Bugun TDTU Olmaliq filialida 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat” turniri tashkil etildi. Asosan qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o’tkazilgan ushbu turnirda 10 ga yaqin jamoalar ishtirok etishdi.

Filialda tahsil oluvchi (kunduzgi, sirtqi, kechki va magistratura) talaba-qizlardan iborat jamoalar shiddatli kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: “Level up” jamoasi;
2-o‘rin: «Iftixor» jamoasi;
3-o‘rin: «Iqro» jamoasi.

G‘olib jamoalar filial Xotin-qizlar kengashi tomonidan rag’batlantirildi.

Scroll to Top