Bugun TDTU Olmaliq filialida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi va Olmaliq shahar kengashi, partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi tomonidan «Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zo’ravonlikni oldini olish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi, Partiyaning «Ayollar qanoti» viloyat kengashi raisi, Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova hamda TDTU Olmaliq filiali xotin-qizlar raisi Noila Kuchkarova tomonidan oilada ayollarning roli, jamiyatdagi o’rni, ularga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish bo’yicha ma’lumotlar berildi hamda talaba-qizlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan TDTU Olmaliq filiali direktori t.f.d., professor A.U.Samadovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda filialning mas’ul mutasaddi vakillari ham…
2025-2026 o‘quv yilida TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetiga kechki ta’lim shakliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan suhbat tashkil etildi. Fakultet ma’naviy ishlar…