Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF professorlari shahar kutubxonasida

kutubxona

Olmaliq shahar axborot-kutubxona markazi Bibliografiya xizmati rahbari Raʼno Mirsoatova tomonidan «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Ilm ahli bilan uchrashuv» nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitet Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti dekani, texnika fanlari falsafa doktori Obid Xasanov, Geologoya, mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent Yusuf Isamatov, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Vaziraxon Ahmedova, texnika fanlari nomzodi, dotsent Marhamat Mutalova hamda Axborot texnologiyasi yetakchi mutaxassisi Gulbaxor Togʻayeva ishtirok etdi.

Suhbat davomida ilm ahlidan bo‘lgan ustozlar o‘zlarining boy tajribasi, ilmiy izlanishlar va oliy ta’lim haqidagi fikrlari to’g’risida tadbir ishtirokchilariga gapirib berishdi.

Scroll to Top