Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF vakillari “O‘zmetkombinat” AJ ekskursiyasida

trjjl

Bugungi kunda barcha sohalarda jumladan ta’lim tizimida juda katta islohotlar olib borilmoqda. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning an’anaviy va zamonaviy usullarini joriy etish natijasida zamon bilan hamnafas bo‘lish davr talabidir.

Yangi interfaol pedagogik-amaliy yondoshishlar hamda unga asoslangan innovasion yo‘nalishli tadbirlar yaratishga va amalga oshirishga bo‘lgan talab har qachongidan ham ortib bormoqda. Shu bois, mamlakatimiz ta’lim tizimida ham so‘nggi paytda xalqaro tajribalarlarga muvofiq yangi avlodni ilm-fanga va sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat texnika universsiteti Olmaliq filiali ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarni bilimli, yetuk malakali kadr etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, filialimiz rahbariyati tomonidan ilmiy va innovatsiya ishlarini rivojlantirish yo‘lida “Ustoz-shogird” tizimi tashkil qilindi. Iqtidorli yoshlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari va faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Bir qator sanoat korxonalariga ekskursiyalar uyushtirilayapti.

Jumladan TDTU Olmaliq filiali vakillari uchun “O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya tashkil etildi. Ilm yo‘liga qadam qo‘ygan metallurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va iqtidorli talabalari mana shu ekskursiyada ishtirok etib, bir kun mobaynida metallurg ishchi o‘rnida bo‘lishdi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, “O‘zmetkombinat” AJ yurtimizni qora metallurgiya bo‘yicha dunyoga tanitgan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘zining bir qator mahsulotlari bilan dunyo bozoriga kirib ulgurgan korxona bu yil tashkil etilganing 80 yilligini nishonladi.

Ekskursiya avvalida “O‘zmetkombinat” aksionerlik jamiyatining muzeyiga sayohat uyushtirildi. Muzeyda kombinat tarixi va faoliyatiga doir eksponatlar kombinat faoliyatiga hissa qo‘shgan faxriylar va ularning ulkan zafarlari bayon etilgan tarixiy lavhalar tomosha qilindi. Ishlab chiqarish syexlarining annimasion maketlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksponatlari bilan tanishtirildi. So‘ngra korxona mutaxassislari tomonidan korxona hududida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish yo‘riqnomasi tushuntirib o‘tildi.

“O‘zmetkombinat” AJ zavodidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar bilan tanishtirildi. Talabalar nazariy bilim va laboratoriyalarda bajarilgan metallurgik jarayonlar bo‘yicha amaliyot ishlab chiqarish texnologiyalaridan ancha farq qilishini ko‘rish bilan birga, yuqori quvvatga ega metallurgik dastgohlar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Ular nazariy bilimlarini mutaxassislar bilan bo‘lishib, ayrim jarayon bosqichlarining borishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Metallurgiya yo‘nalishining iqtidorli talabalari, yosh ilmiy izlanuvchilar sanoat ekskursiyasidan katta taassurot bilan qaytishdi. Korxona mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan o‘rtoqlashishdi. Nazariy olgan bilimlarini real holatda solishtirib, yuqori haroratda ishlaydigan pechlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Oliygoh tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilar mazkur zavodning ishlab chiqarish muammolari bilan qiziqishdi, ishlab chiqarishda hosil bo‘layotgan turli texnogen chiqindilar va ularning tarkiblari bilan qiziqib, hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Scroll to Top