Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filiali Akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirildi

licej

Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali Akademik litseyida bitiruvchi yoshlarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekiston yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda so‘zga chiqqan filial direktori A.Samadov, direktor o‘rinbosari O.Abdiyev katta hayot sari yo‘l olayotgan o‘quvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, “Zakovat” o‘yinining talaba-o‘quvchilar ligasi 2023-2024 o‘quv yili yakuni bo‘yicha respublikamizdagi akademik litsey, texnikum va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining 76 ta jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan 3 mavsum o‘yinlarida akademik litseyning “Wast idea” jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Tadbirda jamoa a’zolari ham munosib taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, bu yil litseyni 47 nafar o’quvchi muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlib, ulardan 4 nafari imtiyozli diplom bilan tugatishdi. 24 nafar bitiruvchi muddatidan avval talabalik sharafiga muyassar bo‘lishdi. Bitiruv marosimida litsey direktori Yu.Ubaydullayeva tomonidan a’lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, odob-axloqi va bilim egallashdagi alohida yutuqlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Filial rahbariyati tomonidan litsey o‘qituvchilariga va faol o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalari topshirildi.

Bayram tadbirida bitiruvchi oʻquvchilar hamda filialning iqtidorli talabalari oʻzlarining badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Scroll to Top