TDTU Olmaliq filialining navbatdagi 3-son kengashi bugun o‘z ishini xushxabar bilan boshladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan OTM milliy reytingida filiallar o‘rtasida birinchi o‘ntalikdan o‘rin olgan filial jamoasi vazirlikning maxsus diplomi va faxr statuetkasi bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qaroriga asosan filial Kengash kotibi A.Pirimqulovga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi guvohnomasi, T.Norimbetovga dotsent ilmiy unvoni attestati, I.Sohibov va B.Gaibnazarovga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi guvohnomalari topshirildi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovek” haftaligi doirasida “Innovatsion g‘oya etakchisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan I.Sohibovga o‘z mukofotlari topshirildi.
Shundan so‘ng Kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z ishini davom ettirdi.