60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi
Fan va texnika sohasidagi yo‘nalishlar bo‘lib, mashinasozlik buyumlarni va metall konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirish va tadqiqot qilish, mashinasozlik va metallarga ishlov berishda texnologik mashinalari va jihozlarini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining mashinasozlik va metallarga ishlov berishda texnologik mashinalari va jihozlari, mashinasozlik buyumlarni va metall konstruksiyalarni loyihalash, mashinasozlik va metallarga ishlov berishda texnologik jarayonlari obyektlarida loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, metodlarini tadqiqot qilish; mashinasozlik buyumlarni va metall konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarni tadqiqot qilish, mashinasozlik va metallarga ishlov berishda ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bo‘yicha matematik modellarini qo‘llash, mashinasozlik buyumlarni va metall konstruksiyalarni loyihalashda muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish, mashinasozlik va metallarga ishlov berishda texnologik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish strategiyasini belgilash va qo‘llashda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
Ta’lim tili
O’zbek tili, Rus tili
Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan imtihondan o’tish