🔷TDTU OF Konchilik ishi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
🔷Unda Qibray tumanidagi Yu.Boynazarova rahbarligidagi “Yosh Temurbeklar” harbiy-sport nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari, Toshkent viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor O.Azimov, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi 92139 harbiy qism komandiri mayor J.Egamberdiev boshchiligidagi harbiy xizmatchilar harbiy texnika va kinologiya xizmati bilan ishtirok etdi.
🔷O‘zbekiston Qurolli Kuchlari jamiyatimizning ajralmas qismi, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining kafolati, yoshlarni yurtparvarlik ruhida tarbiyalashning asosidir. Tadbir o‘z mazmun-mohiyati bilan barchaning qalbida Vatanga sadoqat hissi kuchaytirib, yoshlar uchun ajoyib ibrat namunasi bo‘ldi.