Flat Preloader Icon Loading...

Xalqaro hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va respublikaning bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo’lib turishibdi.

Ushbu tashrif davomida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari, Italiya, Belarusiya, Nepal va boshqa davlatlardan tashkil topgan xorijiy mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Loyihaning ochilish marosimida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o’rinbosari D.Xoliqulov ham so’zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi hamda barcha tashkilotchilarga tashakkur bildirdi.

Xalqaro tashrif davomida TDTU OF hamda bir qancha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarining imzolanishi ko’zda tutilgan.

Scroll to Top