Flat Preloader Icon Loading...

Inson aziz, xotirasi muqaddas

may

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib tursa, qadr – insonni yuksaklikka koʻtaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bagʻishlaydi.

Shu ma’noda 9-may – Xotira va qadrlash kuni davlatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Xususan, ushbu bayram TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida ham ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

“Xotira aziz, qadr muqaddas” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda fakultetning ijodkor talabalari tomonidan qadrli bo’lgan qadriyatlarni ifoda etuvchi kuy-qo’shiq va she’rlar, jasorat va matonat timsollarini gavdalantiruvchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Scroll to Top