Flat Preloader Icon Loading...

Yosh kitobxon talabalar ligasi

kitobxon

TDTU Olmaliq filialida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan «Yosh kitobxon talabalar ligasi» tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning fakultet bosqichida 1,2-o‘rinni egallagan 6 kishidan iborat ikkitadan jamoa, finalda 3 ta fakultetdan 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov 2 ta shart asosida o‘tkazildi:
— «Men yoqtirgan asar»;
— «Eng bilimdon kitobxon»

Hakamlar hay’ati jamoalarning shartlar bo‘yicha bajargan javoblariga va to‘plagan ballariga ko‘ra quyidagicha o‘rinlarni belgiladilar:

1-o‘rin: Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining “Fitrat” jamoasi;
2-o‘rin : Energetika va mashinasozlik fakultetining “Iqro” jamoasi;
3-o‘rin: Energetika va mashinasozlik fakultetining “Ibrat izdoshlari” jamoasi egalladilar.

Tanlovning g‘olib bo‘lgan 1-, 2-, 3-o‘rin jamoalarining har bir a’zosi tanlov nizomi asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Scroll to Top