Flat Preloader Icon Loading...

Yoshlar oqshomi

💥 Ma’naviy hordiq ishlayotgan, o’qiyotgan har bir insonga kerak. Chunki tezkorlik bilan axborotga to’lib borayotgan hayotning ma’lum bir daqiqalarini kuy-qo’shiq va yaxshi kayfiyat ulashivchi tadbir tomoshasiga bag’ishlash ham insonga hordiq baxsh etadi.

💥 Shu maqsadda joriy yilning 31-oktabr kuni Energetika va mashinasozlik fakultetida kechki ta’lim shakli talabalarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga to’liq qamrab olish maqsadida «Yoshlar oqshomi» nomli tadbir tashkil etildi.

💥 Fakultet faollar zalida dekanat tashabbusi bilan bo’lib o’tgan tadbirda kunduzgi va kechki ta’lim shaklining ijodkor talabalari tomonidan she’riy aytishuv, monolog, kuy-qo’shiqlar, viktorina savol-javoblari, yumorga boy bo’lgan badiiy sahna ko’rinishlari tomoshabinlarning e’tiboriga havola etildi.

Scroll to Top