Flat Preloader Icon Loading...

1-sonli TTJ da istiqomat qiladigan talabalar o’rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

photo 2023 05 31 09 22 11

TDTU Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakultetiga qarashli 1-sonli TTJ da istiqomat qiladigan talabalar o’rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Rayxanov talabalarning yashash sharoitlarini o’rganganligi xususida, yutuqlari va kamchiliklari to’g’risida suhbatlashish bilan birga talabalarga bo’sh vaqtlarida til o’rganish lozimligini, tanlagan kasblari ustida tinmay izlanishlari haqida bir qator tavsiyalarini berib o’tdi.

Shuningdek, “EEE” kafedrasi mudiri S.Ganiyev hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar bisyorligi, talabalar “Start up” loyihasi yoki “Texnofest” tanlovida faol ishtirok etib, o’z ustida mustaqil ishlab, yutuqlarga erishish mumkinligi yuzasidan ma’lumotlar berdi. Kafedra katta o’qituvchisi X.Yuldoshev hozirgi vaqtda mutaxassislikni chuqur o’rgangan kadrlar yetishmayotganligi haqida aytib o’tib, talabalarga ilm o’rganishning sir-sinoati, kasbidagi yutuqlari haqida gapirib berdi.

photo 2023 05 31 09 22 18
Scroll to Top