Flat Preloader Icon Loading...

10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari filialda

maktab

🔷Olmaliq shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan uzviy hamkorlik aloqalari bir necha yillardan buyon TDTU Olmaliq filiali jamoasi tomonidan “Bir kunlik talaba” loyihasi va o‘zaro imzolangan shartnomalar asosida olib borilmoqda.

🔷Kuni kecha Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetiga shahardagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari kelishdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quv laboratoriyalaridagi jihozlarning ishlash texnologiyasi, axborot-resurs markazi xodimlari kutubxona fondidagi o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan tanishtirdilar.

Scroll to Top