Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari
XOLIQULOV DONIYOR BAXTIYOROVICH
Lavozimi: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari doktori, professor
Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon: +99870 613 16 16
E-mail: doniyor_xb@mail.ru
O’quv muassasasi, tugatgan yili: TDTU, 2008
Ilmiy darajasi, unvoni (berilgan yili):dotsent (2010)t.f.d. (2020), professor (2023)
Dissertatsiya himoyasi (mavzusi, ixtisosligi, himoya vaqti, ixtisoslashgan kengash): Qimmatbaho metallarni ajratib olish maqsadida mis, rux sanoati keklari va eritmasini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish
Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasi. 05.02.01-Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Materialshunoslik va metallurgiya yo‘nalishlari (texnika fanlari), 2020, Dissertatsiya himoyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli Ilmiy kengashning 2020 yil 4 iyun soat 1000 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy, ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati bilan bog’liq boshqa biografik ma’lumotlar:Rangli metallar metallurgiyasi, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, metallurgiyada ekologiya.
1993-1998 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
1998-2001 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti kunduzgi bo‘lim aspiranti
2001-2002 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi
2002-2006 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi
2006-2007 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya» kafedrasi mudiri v.b.
2007-2008 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya» kafedrasi mudiri
2008-2010 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani
2010-2013 yy. – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ YAngi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi boshlig‘i muovini
2013-2014 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya va kimyoviy texnologiya» dotsenti
2014-2017 yy. – Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya va fakulteti dekani
2017 y. – h.v. – Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha filial direktorining o‘rinbosari
ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BOʻYICHA DIREKTOR O‘RINBOSARINING LAVOZIM VAZIFALARI:
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, filial Kengashi qarorlarini, filial direktorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
- Filial tuzilmasi boʻyicha ilmiy ishlari boʻyicha direktor o‘rinbosariga boʻysinuvchi boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
- Filialda ilmiy izlanish ishlarni tashkil etish va yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Filialda “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- Filialda ilmiy izlanishning zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Ilmiy izlanish ishlari boʻyicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Fakultetlar, kafedralar va boʻlimlarning ilmiy yoʻnalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- Filial fakultet, kafedra va boʻlimlarining ilmiy yoʻnalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yigʻilishlarida reja asosida hisobot berish;
- Filialning ilmiy muammolar hay’atlari va ilmiy innavatsion guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- Filial boʻyicha katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlarini shakllantirish va nazorat qilish hamda ularning faoliyatlari yuzasidan muntazam ravishda filial rektoriga va kengash yigʻilishlarida hisobot berib borish;
- Yuqori ilmiy salohiyatga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning Ilmiy maktablarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish;
- Filialda fan olimpiadalarini, jamiyatning ustuvor muammolariga bagʻishlangan ilmiy – tematik seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil qilish va oʻtkazish, Respublika va Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda filial vakillarining ishtirokini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi, Instellektual mulk agentligi va Davlat patent idoralari bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, filial ilmiy xodimlarining grantlar va xoʻjalik shartnomalari bilan ishlashiga uslubiy-amaliy yordam koʻrsatish;
- Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalarining ilmiy yoʻnalishi boʻyicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar toʻplamlarini filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini toʻldirib borish ishlarini tashkil etish;
- Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonida ishtirok etish;
- Kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va direktorga xulosalar kiritish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;
- Tayanch oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot filial va markazlari bilan ilmiy-amaliy yoʻnalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;
- Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha direktorga takliflar kiritish;
- Filialning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hisobotlarni tahlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
- Filial direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish;
- Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.