Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
Ibadlayev Server Ibadlayevich
Lavozimi : Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig’i
Qabul vaqti : Har kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon : +99893 187 13 01
Umumiy ma’lumotlar
- TDTU Olmaliq filialida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarori, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filial buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:
- Filialda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- filialda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi;
- Oliy ta’limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
- Filial buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
- filial ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- O‘quv yurtlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi;
- Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.
- TDTU Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika xukumati qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo‘limiga va tegishli boshqarmalariga o‘z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi.
- Xulosa, ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish hamda mutasaddi xodimlarning o‘z xizmat lavozimlariga loyiqligi bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.
- Vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek universitetning buyruqlarini bajarilishini fakultetlarda, kafedralarda, bo‘limlarda tahlil qilish.
- Jismony va yuridik shaxslar murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi faoliyati vazirlikning «Monitoring» bo‘limi bilan kelishilgan va filial direktori tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi, ishonch telefoni, veb-sayti, pochtasi, hamda rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan, shuningdek filial rahbariyatining shaxsiy qabuli va sayyor qabuli davomida jismoniy va yuridik shaxslardan soha yo‘nalishi bo‘yicha kelib tushgan barcha murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tahliliy jadvallar ko‘rinishidagi hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlab, rahbariyatga taqdim etib borishadi.
- Jismony va yuridik shaxslar murojaatlar bilan ishlash, nazorat monitoring bo‘limi faoliyati har yili filial Ilmiy kengashida muhokama qilinadi va bu hakdagi hisobot Vazirlikning «Monitoring» bo‘limiga o‘quv yilining oxirida taqdim etiladi.