Flat Preloader Icon Loading...

Аvgust – yangi oʼquv yiliga start

📍Ta’lim tizimining har bir bosqichida avgust oyi o‘zgacha shukuh bilan o‘tkaziladi, boisi yangi o‘quv yili yaqin. O‘quv rejalari, yangi dasturlar, auditoriya xonalari, turar joylarning tayyorligi…. Umuman, ta’tildan so‘ng yangi o‘quv yilidan oldin har birimizda o‘zgacha tadorik…

📍Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari ham 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini yakunlash arafasida. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali jamoasi ham bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashib, ta’limiy, ilmiy va texnik-xo‘jalik sohalarda ko‘zlangan rejalarni amalga oshirib kelmoqda. Yangi o‘quv yilida talabalarni qabul qilib olish, ularni talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bilan ta’minlash ishlari alohida e’tiborda. Avvalo talabalarning turar joyga talab darajasi o‘rganilib, ehtiyojdan kelib chiqqan holda zahira joylar ham tayyorlangan.

📍Filial o‘quv va laboratoriya xonalarining shayligi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yetarliligi, turar joylarning kommunal holati, oshxonalarning xizmat ko‘rsatish darajasi kabi savollar filial rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

📍Xuddi shuningdek, filial fakultetlari joylashgan 3 ta binoda ham hududlarni obodonlashtirish ishlari ayni avjida. Filial jamoasining har bir vakili kun tartibidagi masalaga mas’uliyat bilan yondashib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini davom ettirishmoqda.

Scroll to Top